Mini-futbol: yettita yosh toifalaridagi guruhlarda Respublika birinchiligi start oldi

0
113
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasining yillik taqvimida belgilangan Respublika birinchiligi 11 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yetti yosh guruhda tashkil etilmoqda. Musobaqalarga birinchilardan bo‘lib Namangan shahrida start berildi.

Respublikaning barcha hududlaridagi Maxsus futbol maktab-internatlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va o‘smirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari hamda Bolalar va o‘smirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari o‘rtasida tashkil etilayotgan musobaqaning dastlabki bosqichi yanvar-fevral oylarida viloyatlar miqyosida o‘tkazilsa, ikkinchi bosqichida viloyatlar g‘oliblari o‘zaro kuch sinashishadi va g‘olibni aniqlashadi.

Musobaqani tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad mamlakatning barcha hududlarida bolalar  va o‘smirlar o‘rtasida mini-futbolni yanada rivojlantirish va ommalashtirish, yosh futbolchilarning mahoratini oshirish, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga iqtidorli yoshlarni jalb qilishdan iborat.    

Namangan shahrida start olgan musobaqada 4ta yosh toifadagi guruhlarda g‘oliblar aniqlandi. 11 yoshlilar guruhida “Navbahor” futbol klubi qoshidagi “Navbahor” BO‘SMi, 13 yoshdagi guruhda Namangan shahrining “Barkamol” BO‘SMi, 15 yoshlilar guruhida Chortoq tumani BO‘SMi, 16 yoshlilar o‘rtasidagi bahslarda esa Kosonsoy tumani BO‘SMi muvaffaqiyat qozonishdi. Qolgan uchta  yosh toifadagi guruhlar musobaqasi fevral oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, bugundan Andijon va Xorazm viloyatlarida ham bellashuvlar boshlandi.

O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Matbuot xizmati xabari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.