Misha Ge “To‘rt qit’a kubogi” musobaqasini oltinchi o‘rinda yakunladi

0
84
marta ko‘rilgan.

To‘rt kun davomida Xitoy Taypeyida o‘tkazilgan figurali uchish bo‘yicha “To‘rt qit’a kubogi” turniri yakunlandi. Ushbu turnirda to‘rt qit’a: Afrika, Amerika, Osiyo va Avstraliya/Okeaniya mintaqalaridan sportchilar ishtirok etdilar. Musobaqa ko‘pgina sportchilar uchun qishqi Olimpiya o‘yinlari oldidan so‘nggi tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab berdi. 
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Misha Ge 25 yanvar kuni qisqa dasturda chiqish qilib 8-o‘rinni egallagani xaqida xabar bergandik. Bugun Misha endi erkin dasturda o‘z omadini sinab ko‘rdi. 
Dastur yakuniga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi 7-o‘rinni egalladi. Ammo undan yuqorida turgan sportchilar bugun erkin dasturda biroz muvaffaqiyatsiz ishtirok etishgani sabab, Misha Ge umumiy hisobda turnirni o‘ttiz nafar sportchi orasida 6-o‘rinda yakunladi. 
Ma’lumot uchun, Misha Ge Xitoy Taypeyidan to‘g‘ri AQShga parvoz qiladi va Olimpiya o‘yinlari oldidan so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini okean ortida o‘tkazadi. 11 fevral kuni u Los-Anjelesdan to‘g‘ri Pxyonchxanga uchadi.
Eslatib o‘tamiz, XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari 9-25 fevral kunlari Koreya Respublikasining Pxyonchxan shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda ikki nafar sportchimiz Misha Ge (figurali uchish) va Komil To‘xtaev (tog‘ chang‘isi)lar yurtimiz sharafini himoya qilishadi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.