Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy xizmatchilar farzandlari uchun yangi yil bayramlari tashkil etildi

0
227
marta ko‘rilgan.

Qishda nishonlanadigan bayramlarning shukuhi ham o‘zgacha. Ayniqsa, Yangi yil shodiyonasini kattayu kichik barchamiz intiqlik bilan, orziqib kutamiz.

Bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirlar dillarga shodlik, o‘zgacha masrurlik baxsh etadi. Bu xursandchiliklar jajji bolajonlarimizning qalblarini nurga to‘ldiradi, Chunki ular uchun barcha joylarda bayram tomoshalari, turli shou dasturlar tashkil qilinadi.

Mudofaa vazirligi tomonidan joylarda yurt himoyachilarining va xizmat vazifalarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun Yangi yil tadbirlarini tashkil etmoqda. Jumladan, shunday tadbirlar Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi hamda barcha harbiy okruglarda o‘tkazildi.

Bolajonlar rango rang o‘yinchoqlar bilan bezatilgan archa atrofida sevimli ertak qahramonlari bilan o‘yin-kulgu qilib, miriqib hordiq chiqarishdi. Yangi yil tantanalarining doimiy mehmonlari bo‘lgan Qorbobo va Qorqizning sovg‘alari ham aynan ular uchun atalgani bolajonlarga quvonchli onlarni tuhfa etdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.