“Mustahkam oila sari “  yosh oilalar forumi

0
403
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yoshlar ijod saroyida yosh oilalarga amaliy ko‘mak berish maqsadida “Mustahkam oila sari” shiori ostida yangi loyiha, yangi tadbir –  yosh oilalar forumi tashkil etdi.

Anjumanda yoshlar o‘rtasida oila muqaddasligi g‘oyalarini targ‘ib etish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlaydigan suhbatlar o‘tkazish, oilani rejalashtirish, ajrim holatlarining oldini olish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, oilaviy munosabatlarda tomonlarning huquq va majburiyatlarini tushintirish, farzand tarbiyasida ota- onalarning o‘rni haqida tushinchalar berish maqsadlari ko‘zlangan.

Forumda malakali psixologlar, taniqli san’atkorlar, madaniyat xodimlari, shifokorlar, huquqshunoslar va yosh oilalar hamda oila qurish arafasida turgan yoshlar ishtirok etishdi.

Psixologlar Zamira Azimova, Shoira Isakova, Viloyat Davletova, Madina Xirochyevalar tomonidan ommaviy hamda individual suhbatlar tashkil etildi. Oila qurish qadimiy qadriyat bo‘lib, muhabbat, samimiyat, nazokatli munosabat, o‘zaro hurmat va e’tibor asosida bo‘lishi lozimligi haqida batafsil tushinchalar berildi.

El suygan mashhur sa’atkorlar- Gavhar Zokirova, Shuhrat Qayumov, Ra’no Shodiyeva oilaviy muommolarga to‘g‘ri yondashuv hamda qiz farzand tarbiyasida otalarning o‘rni xususida o‘z  fikr-mulohazalari bilan ishtirok etib, amaliy maslahatlar berdilar.

 Shifokor- ginekolog Zarina Xodjayeva yosh onalar va kelinlarda uchraydigan turli xil kasalliklar va ularning oldini olish borasida suhbatlar uyushtirdilar.

Hakamlik sudi sudyasi Go‘zal Tursunmetova hamda huquqshunos Shaxnoza Gaffarovalar yoshlarga oid yangi qonunlar haqida gapirdilar va  anjuman qatnashchilarini qiziqtirayotgan huquqiy savollariga javoblar berdilar.

Anjuman tashkilotchilari insonning tashqi qiyofasi ham oilaviy muhitiga ta’sir ko‘rsatishini hisobga olib, forum doirasida ayollar va erkaklar stilistlari hamda vizajistlari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

“O‘zbekiston yoshlari  erta turmush va norasmiy nikohni qoralaydi” shiori ostida “Erta nikoh- millat zavoli” deya nomlangan erta nikohning oqibatlari, baxtli va sog‘lom turmush uchun huquqiy, tibbiy, ijtimoiy tavsiyalar bitilgan rangli qo‘llanmalarni oila va do‘stlar davrasida o‘qish uchun  tarqatildi.

U tadbir yosh oilalarning vakillari uchun chinakam bayramga, amaliy ko‘mak maydoniga aylandi. Forum so‘ngida mana shunday targ‘ibot-tashviqot hamda maslahat  tadbirlarini doimiy o‘tkazib borish bo‘yicha kelishib olindi.

Yakuniy qismda  taniqli san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

J.Sa’lullayev,

Muallif olgan suvratlar

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.