O‘zbekistonning “Nasaf” jamoasi 5 mart kuni Osiyo chempionlar ligasining uchinchi turi doirasida o‘yin o‘tkazdi.
Bahsda vakillarimizga Qatarning “Al Sadd” jamoasi raqib bo‘ldi. Qizg‘in kechgan bahsda Azizjon G‘anievning 62-daqiqada kiritgan goli qarshiliklarga g‘alaba keltirdi.
Ushbu g‘alaba orqali “Nasaf” ochkolari sonini oltitaga yetkazib oldi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati