Nokautchi Isroil Madrimov yurtimizga qaytib keldi

0
42
marta ko‘rilgan.

Professional boksda faoliyat yuritayotgan yurtdoshimiz Isroil Madrimov AQShning Nyu-York shahrida meksikalik raqibiga qarshi o‘zining to‘rtinchi jangini g‘alaba bilan yakunlab, O‘zbekistonga qaytib keldi.

Madrimov Nyu-York vaqti bilan 5 oktyabr kuni “Medison Skver Garden” arenasida meksikalik Alexandro Barreroga qarshi 10 raundga mo‘ljallangan jangni muddatidan avval yakunladi. Beshinchi raund davom etayotgan payt Barrero Madrimovning kuchli seriyalarini juda ko‘p o‘tkazib yubordi va vaziyatni to‘g‘ri baholagan referi bahsni to‘xtatishga qaror qildi. Shu tariqa Madrimov o‘zining to‘rtinchi jangida ham nokaut bilan g‘alaba qozondi. 

Shuningdek, vakilimiz o‘ziga tegishli bo‘lgan “WBA InterContinental “ kamarini ham himoya etdi.

Bokschimizni tantanali kutib olish marosimida O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, sportchimizning yaqinlari, OAV vakillari va yuzlab boks ishqibozlari ishtirok etishdi.

J. Sa’dullayev tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.