“Obod qishloq” dasturi odamlarning dunyoqarashini o‘zgartiradi

0
178
marta ko‘rilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Manas qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi asosida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. 

Chekka hududda joylashgan bu qishloq e’tibordan chetda qolgan edi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu yerda keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. 34 ta ko‘p qavatli uyning tomi to‘liq qayta yopildi, yordamchi binolar qurildi. Savdo va maishiy xizmat shoxobchalari qurildi.

Atrofga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. 

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 6,5 kilometr uzunlikdagi suv quvuri yotqizildi. 41 kilometr uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlarida  tozalandi. 
Ayollarni ish bilan ta’minlash maqsadida ikkita tikuvchilik sexi ishga tushirilib, 120 dan ziyod xotin-qiz ish bilan ta’minlandi. 

Qishloq vrachlik punkti o‘rnida zamonaviy oilaviy poliklinika bunyod etildi. Prezidentimiz ushbu poliklinikani kirib ko‘rdi. Aholi salomatligini saqlash, kasalliklarni profilaktika qilish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi. 

Ikkita umumta’lim maktabi va maktabgacha  ta’lim muassasalari to‘liq ta’mirlanib, qayta jihozlandi. 17 ta bolalar maydonchasi qurildi. Minifutbol maydonlari, 250 o‘rinli stadion barpo etildi.

Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi. 

Maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratyapmiz, hamma joyda zamonaviy bog‘chalar quryapmiz. Lekin uning fayzi, barakasi, asosiy maqsad-muddaosi tarbiyada, dedi Prezidentimiz. Farzandlarimizni bolalikdan yaxshi tarbiyalasak, o‘z yo‘lini, ishini topib ketadi.

Davlatimiz rahbari yangi qurib, foydalanishga topshirilgan novvoyxonaga ham kirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi. Bu ishlar aholi turmush tarzini yaxshilaydi, yurtimizni obod qiladi. Eng muhimi, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartiradi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.