Osiyo chempionatida ishtirok etgan yengil atletikachilarimiz tantanali kutib olindi

0
82
marta ko‘rilgan.

Bugun Eronda o‘tkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan yengil atletikachilarimiz yurtimizga qaytib keldilar.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimiz tantanali kutib olindi. 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida ikkita oltin, bitta kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Balandlikka sakrash bahslarida Nadiya Dusanova, yadro uloqtirishda esa Yelena Smolyanovalar oltin medalni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘ygandilar.


 
Ko‘pkurashda qatnashgan Aleksandra Yurkevskaya esa kumush medal sohibiga aylangandi. 
O‘z o‘rnida Milliy olimpiya qo‘mitasi ham Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimizni tabriklab qoladi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.