O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va qardosh Ozarbayjon xalqiga Boku shahrida ro‘y bergan yong‘in natijasida ko‘plab odamlarning hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.