O‘zbek futbol jurnalistikasi faxriysi Axbor Imomxo‘jayev qutlug‘  82 yoshda

0
260
marta ko‘rilgan.

Axbor Imomxo‘jayevning sport jurnalistikasiga, O‘zbekiston televideniyasining sport tahririyati taraqqiyotiga, shuningdek o‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan hissasi nihoyatda ulug‘vor.

Bu inson o‘zbek futboli tarixi haqida bir qator kitoblar muallifi bo‘lib, yoshlar va bolalarning ma’naviy-jismoniy ta’lim-tarbiyasiga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda.. Jumladan, Axbor Imomxo‘jayev qalamiga mansub bo‘lgan “Futbol quvonchim, dardim, faxrim”, “Maftuningman futbol”, “O‘zbegimning Mirjaloli” kabi kitoblarini keng jamoatchilik katta qiziqish bilan o‘qib kelmoqda.

GUJUM.UZ  sayti tahririyati  Axbor Imomxo‘jayevni qutlug‘ 82 yoshi bilan muborakbod etadi. Futbol faxriysiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilab, uzoq yillar davomida muxlislar e’tiborida bo‘lib yurishini tilaydi!

 Javlon SA’DULLAEV tayyorladi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.