O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionati chorak finaliga yo‘l oldi

0
148
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionati “A” guruhi 3-turida Ummonga qarshi bahs olib borib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 37-daqiqasida Doston Tursunov tomonidan kiritilgan yagona gol Ravshan Haydarov jamoasiga g‘alaba keltirdi. Parallel ravishda kechgan bahsda musobaqa mezboni Xitoy Qatarga 1:2 hisobida yengildi.  
 
Natijada O‘zbekiston olimpiya termasi 6 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, chorak finalga chiqdi. Barcha o‘yinda g‘alaba qozongan Qatar 1-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. 
 
Chorakfinalda “A” guruhi g‘olibi Qatar “B” guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan, o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston OTJ esa “B” guruhi g‘olibi bilan kuch sinashadi. “B” guruhidagi holatda yuzlanadigan bo‘lsak, 2-turdan keyin Yaponiya 6 ochko bilan birinchi, KXDR termasi esa 4 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. 
 
“B” guruhi 3-turida aynan Yaponiya va KXDR jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Mazkur bahs ertaga, 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 
 
O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.