O‘zbekiston Prezidenti Navro‘z arafasida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi

0
36
marta ko‘rilgan.

2018 yilning 14 mart kuni O‘zbekiston tomoni ichki davlat protseduralarini yakunladi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 9 mart kuni Dushanbe shahrida imzolangan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni tasdiqladi.

Yorqin bahor bayrami Navro‘z arafasida ikki mamlakat aholisiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Tojikiston Respublikasi fuqarolariga ushbu Bitimni rasman kuchga kirishiga qadar vaqtinchalik qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

2018 yil 16 martdan e’tiboran Tojikiston Respublikasi fuqarolari amaldagi safar hujjatlari (diplomatik, xizmat va xorijga chiqish umumiy fuqarolik pasporti) bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida vizasiz (30 kungacha) bo‘lishlari mumkin.

Bitimning kuchga kirish sanasi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Tojikiston Respublikasida bo‘lishiga nisbatan qo‘llanishi to‘g‘risidagi ma’lumot qo‘shimcha tarzda e’lon qilinadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.