O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

0
212
marta ko‘rilgan.

Avval xabar qilinganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-24 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. 

Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi har tomonlama samarali bo‘ldi, deb yozadi O‘zA. Uchrashuvlarda yirik investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish, iqtisodiyot, energetika, moliya, sarmoya, yuqori texnologiyalar kabi sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, gumanitar aloqalarni kengaytirish, vazirliklar va idoralararo hamkorlikni mustahkamlashga doir masalalar muhokama qilindi. 

Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarga oid umumiy qiymati 10 milliard AQSh dollaridan ortiq 60 dan ziyod hujjat imzolandi. 

Davlatimiz rahbari Janubiy Koreyada BMT sobiq Bosh kotibi, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining etika komissiyasi raisi Pan Gi Mun, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyun, Koreya Respublikasi Bosh vaziri Li Nak Yon, Seul shahri meri Pak Von Sun bilan uchrashdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Seul shahrining faxriy fuqarosi unvoni tantanali topshirildi. 

Uchrashuvlar chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi. 

Shu bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi. Ushbu tashrif siyosiy, iqtisodiy natijalari bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar tarixidan muhim o‘rin egallashi va o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘taradi, deya ta’kidlanadi agentlik xabarida.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.