O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga tashrifiga doir

0
80
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2018 yil 15 mart kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga boradi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining keng ko‘lamli kun tartibiga ega birinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Ushbu uchrashuvni o‘tkazish taklifi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 2017 yil sentyabr oyida o‘tgan 72-sessiyasida ilgari surilgan hamda Samarqand shahrida bo‘lgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada yaxlit dastur darajasigacha rivojlantirilgan edi.

O‘zbekistonning ushbu tashabbusi mintaqaning barcha mamlakatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Qozog‘iston oliy darajadagi birinchi uchrashuvni Ostonada o‘tkazishni taklif etgandi.

Davlatimiz rahbari shu kuni Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.