O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi  yurtimizning buguni va kelajagi ko‘zgusidir

0
186
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalqimizning irodasi, adolatli jamiyat barpo etishdagi intilishlari, ezgu-istaklari mujassamlashgan.

Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan asosiy Qobusnomadir. Bugun jamiyatimizda qanday yutuq va marralarga erishayotgan bo‘lsak, bularning poydevorida Konstitutsiyamiz– buyuk hayot qomusimiz turibdi. Konstitutsiyamiz suveren davlatimizning qonunchilik-huquqiy negizini shakllantirishning asosiy poydevori va mustaqil milliy davlatchiligimizning tamal toshi bo‘ldi. U inson manfaatlari uchun xizmat qilayotgan oliy hujjat vazifasini bajarmoqda. Asosiy qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettirgani tufayli uni davlatimiz ramzi desak bo‘ladi.

Shuningdek Konstitutsiyamizda belgilangan davlatimiz ramzlari ham mavjud. Uning 5-moddasida shunday deyiladi: O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o‘zbek davlat ramzlari-bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega”. Bayrog‘i, gerbi, madhiyasi kabi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham davlatimiz, millatimiz, xalqimiz va yurtimizning buguni va kelajagining ko‘zgusi, timsolidir.

Ulug‘vor bayramimiz barchamizga qutlug‘ bo‘lsin! Yurtimiz yanada gullab yashnasin! Vatan kelajagi bo‘lgan farzandlarimiz ildizi baquvvat  daraxtdek o‘sib ulg‘aysin!

Ra’no Zaripova,

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.