O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga SHARH 

0
98
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasida aholining yashash farovonligi va turmush darajasini ko‘tarish, xodimlarning mehnat qilishi va dam olishiga qulay sharoitlarni yaratish, ularning yuqori ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, har tomonlama ichki turizm va oilaviy dam olish rivojlantirilishi hisobiga mamlakatimizning tarixiy-madaniy boyligi, uning noyob tabiiy resurslari bilan chuqur tanishish uchun fuqarolarga imkoniyatlarning kengaytirilishi bo‘yicha izchil choralar amalga oshirilmoqda, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimchi ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini qo‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni davlat bayramlari davrida, qonunchilikda belgilangan dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida fuqarolarga to‘liq va foydali dam olish uchun qo‘shimcha sharoitlarning yaratilishini ta’minlashga qaratilgan. 

Shu maqsadda 2018 yilda Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik bayramlariga to‘g‘ri kelgan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar qonunchilikda belgilanmoqda, shuningdek, ayrim dam olish kunlari ushbu bayram sanalariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga ko‘chirilishi amalga oshirilmoqda. 

Natijada 2018 yilda bayram kunlarida uzluksiz dam olish davomiyligi qo‘shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va ayrim dam olish kunlarni ko‘chirish orqali ta’minlanadi: 

Yangi yilga – 5 kalendar kuni (2017 yil 30 va 31 dekabr –kalendar bo‘yicha dam olish kunlari, 2018 yil 1 yanvar – ishlamaydigan bayram kuni, 2018 yil 2 yanvar – qo‘shimcha ishlamaydigan kun, 2018 yil 3 yanvar – 6 yanvardan ko‘chirilgan dam olish kuni); 

Navro‘z bayramiga – 5 kalendar kuni (18 mart – kalendar bo‘yicha dam olish kuni, 19 mart – 17 martdan ko‘chirilgan dam olish kuni, 20 mart – ko‘shimcha dam olish kuni, 2018 yil 21 mart – ishlamaydigan bayram kuni, 22 mart – 24 martdan ko‘chirilgan dam olish kuni); 

Mustaqillik kuniga – 5 kalendar kuni (2018 yil 31 avgust – ko‘shimcha ishlamaydigan kun, 2018 yil 1 sentyabr – ishlamaydigan bayram kuni, 2 sentyabr – kalendar bo‘yicha dam olish kuni, 3 sentyabr – 8 sentyabr shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni, 4 sentyabr – 15 sentyabrdan ko‘chirilgan dam olish kuni). 

Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik bayramlari kunlariga qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanishi mehnat ta’tili davomiyligi uch ish kuniga qisqartilishi hisobiga qoplanishi ko‘zda tutilmoqda. Bunda: 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 134-moddasida belgilangan mehnat ta’tilining eng kam davomiyligi (15 ish kuni); 

davlat bayramlariga to‘g‘ri kelgan, belgilangan mehnat ta’tilining qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarini qo‘shish yo‘li bilan xodimga yillik mehnat ta’tili davomiyligiga berilishi lozim bo‘lgan to‘lovlar miqdori saqlanishi ta’minlanadi. 

Bundan tashqari, xalqimizning ma’naviy hayotida olijanoblik, minnatdorchilik, ezgulik, rahmdillik, hamjihatlik fazilatlari belgilanishida muqaddas Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarining muhimligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni yuksaltirish va saqlab qolish maqsadida 2018 yildan boshlab ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga qo‘chirish hisobiga uzluksiz uch kunlik dam olish kunlari belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. 

Xodimlar tomonidan farmon bilan belgilangan uzluksiz dam olish kunlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida oilaviy dam olishni tashkil qilish choralari amalga oshirilishi, shu jumladan, ichki turizm marshrutlarini shakllantirish va yurtimizning tarixiy-madaniy markazlariga tashrif buyurishni, respublika pansionat va dam olish uylarida uzaytirilgan dam olish kunlarini o‘tkazish istagini bildirgan xodimlar, ularning oila a’zolariga mehmonxona va transport xizmatlariga chegirmalar tizimini joriy qilish ko‘zda tutilmoqda. 

Bunda Mehnat kodeksining 131-moddasida belgilangan bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelgan hafta kunlarining o‘zgarishini inobatga olgan holda bayram sanalari bilan bog‘liq bo‘lgan dam olish kunlaridan uzluksiz va samarali foydalanish maqsadida shu kundan e’tiboran ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga to‘g‘ri kelgan yaqin ish kunlariga ko‘chirish bo‘yicha har yili belgilanadigan sanalarni ko‘chirish tartibi, shuningdek, ish vaqtining Kalendarini ishlab chiqish va tasdiqlashda turli ish rejimlarida ish kunlari va soatlarining soni belgilanishi bilan joriy qilinmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.