O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, publitsist go‘zal qalbli, samimiy inson Saydi Umirov 82 yoshida boqiy olamga rixlat etdi.
Jurnalistika olamiga ko‘plab shogirdlar yetishtirgan Saydi Umirov 1938 yil 10 fevralda Payariq tumanida tug‘ilgan. Ustoz butun umrini jurnalist kadrlar tayyorlashga bag‘ishladi. Jurnalistikaga oid ko‘plab kitoblarning muallifi, olim, serqirra ijodkor O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi edi. Ustozning yorqin xotirasi shogirdlari qalbida, ishlarida yashaydi.
Ustoz Saydi Umirovning yaqinlariga, shogirdlariga ta’ziya izhor qilamiz.
GUJUM.UZ