O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari Ichki ishlar vazirlari uchrashuvi

0
184
marta ko‘rilgan.

2018 yil 9-10 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida delegatsiya tarkibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor P.R.Bobojonov bilan Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri militsiya general-polkovnigi R.X.Raximzoda o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida terrorizm, separatizm, ekstremizmning turli ko‘rinishlari, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosiga qarshi kurashish, shuningdek, tezkor axborot almashishni faollashtirish yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilindi.

Muhokama qilingan masalalar har ikki qardosh mamlakat ichki ishlar organlarining o‘zaro hamkorlikdagi ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolishini ikki davlat idora rahbarlari alohida qayd etdilar.

O‘z navbatida P.R.Bobojonov, yuqori darajadagi o‘zbek-tojik munosabatlarini alohida ta’kidlab, hamkasbiga iliq, samimiy qabul va taqdim etilgan axborotlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bundan tashqari, suhbat davomida tojik hamkasblar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida, shu jumladan huquqbuzarliklar profilaktikasi doirasida amalga oshirilayotgan yuqori miqyosdagi islohotlarning borishi haqida xabardor bo‘ldilar.

Tomonlar idoralararo Muvofiqlashtirish ishchi guruhi faoliyati yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni samarali tashkil etishni davom ettirish, 2018 yillarda O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalarining chegara hududlaridagi ichki ishlar organlarining o‘zaro hamkorligi, ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklari Akademiyalari delegatsiyalarini almashish yo‘li bilan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish bo‘yicha sheriklik munosabatlarini kengaytirish yuzasidan qator takliflarni ko‘rib chiqdilar.

Barcha yo‘nalishlarida faol hamkorlik huquqni muhofaza qilish faoliyatida katta istiqbolga ega va bu yuqori darajada davom etadi.

Uchrashuv davomida boshqa muhim masalalar ham muhokama qilindi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R.Bobojonovga Tojikiston Respublikasi IIV “Xavfsiz shahar” avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi markazining ish jarayoni, shuningdek, ushbu xizmat xodimlarining harakat xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibni saqlash borasidagi faoliyatlari namoyish etildi. Umuman muzokaralar o‘zaro ishonch, do‘stona va konstruktiv muhitda o‘tdi.?

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.