O‘zbekistonda Tatariston Respublikasining Madaniyat kunlari

0
23
marta ko‘rilgan.

O‘zbekistonda Tatariston Respublikasining Madaniyat kunlari bo‘lib o‘tdi.  Dastur doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida ikki xalq san’ati ustalarining konserti uyushtirildi.

O‘zbek va tatar xalqlarining umumiy tarixi mavjudligi, an’ana va milliy urf-odatlarning o‘xshashligi tufayli azal – azaldan yaqin madaniy aloqalar o‘rnatishga, yutuqlarni birga baham ko‘rishga imkon bergan. Bu an’analar bugun ham davom etmoqda. O‘zbekistonda Tatariston Respublikasi Madaniyat kunlarining o‘tkazilishi hamkorlikning yangi bosqichdagi amaliy timsoliga aylandi.

Bugungi kunda respublikamizda eng yirik tatar diasporalaridan biri – 240 mingdan ortiq kishi istiqomat qiladi, ularning deyarli yarmi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qiladi.

1990 yilda poytaxtda respublikaning eng faol milliy madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Tatar jamoat madaniy-ma’rifiy markazi tashkil etildi. Ushbu markaz tomonidan turli xil bayramlar o‘tkazilib, ularga keng jamoatchilik jalb qilinadi. Viloyatlarda tatar xalqining tili, madaniyati, urf-odatlarini saqlashda faol ishtirok etadigan yana sakkizta tatar jamoat birlashmasi mavjud.

Tatar xalqi O‘zbekiston rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib kelgan. O‘zbekistonda katta hurmat bilan tilga olinuvchi Rim Geniatullin, Galiya Izmaylova, Chingiz Axmarov va kabi fan, siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va san’at sohasi fidoyilarini yaxshi bilishadi.
Bugun mamlakatimizda dunyoning barcha davlatlari bilan ko‘p tomonlama hamkorlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik o‘zaro ishonch va hurmat tamoyillari asosida rivojlanib bormoqda.

Bunday madaniy tadbirlarni o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan, bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi.
Samarqand shahridagi “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, Termizdagi Baxshichilik san’ati xalqaro festivali, Shahrisabzdagi Maqom xalqaro anjumani va yaqinda Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan hunarmandchilik xalqaro festivalida Rossiya, xususan Tataristondan musiqachilar ishtirok etdilar. Shuningdek, o‘tgan yili sentyabr oyida Galiasgar Kamal nomidagi Tatar davlat akademik teatrining Toshkent shahridagi gastrol safari muvaffaqiyatli o‘tdi.

Madaniyat kunlarining ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda tatar madaniy markazi faollari, O‘zbekistondagi diasporalar, diplomatlar, jamoat arboblari, madaniyat va san’at xodimlari ishtirok etdilar.
Teatr foyesida badiiy-amaliy san’at ko‘rgazmasi, rasmlar, shoir va yozuvchilarning kitoblari taqdimoti, san’atkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkillashtirildi. 

Ochilish marosimi bayramona ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mehmonlar dastur doirasida  Xastiimom  majmuasini ziyorat qilishdi,  Temuriylar tarixi va Amaliy san’at muzeyini tomosha qildilar.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi  Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.