Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari bilan uchrashdi

1
128
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston bilan Turkiyani mushtarak til va tarix, o‘xshash madaniyat va an’analarga asoslangan yaqin do‘stlik va qardoshlik munosabatlari birlashtirib turadi. Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgani ham ana shu qardoshlikning yuksak ifodasi bo‘lgan edi.

2017 yil oktyabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoevning Turkiyaga ilk davlat tashrifi chog‘ida mamlakatlarimiz hamkorligini strategik sheriklik darajasiga ko‘taradigan Qo‘shma bayonot imzolandi.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar natijasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari belgilab olingan edi. Bu esa barcha sohalar kabi san’at va madaniyat yo‘nalishida birgalikdagi loyihalar amalga oshirilayotganida ham o‘z aksini topmoqda.

“Mendirman Jaloliddin” tarixiy serialini bugun nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun turkiy xalqlar vakillari intiqlik bilan kutmoqda. Hozirda filmning montaj jarayonlari yakunlanmoqda. Madaniyat vaziri Turkiyaga safari chog‘ida kino ijodkorlar bilan suhbatlashib, jaryonlarni ko‘zdan kechirdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, tasvirga olish jarayonlari uchun 50 gektar yer maydonida pavilion o‘rnatilgan bo‘lib filmda ishtirok etish uchun mingdan ortiq ijodkor jalb etilgan. Bugungi kunda asosiy rollarni mahorat bilan ijro etayotgan aktyorlarimiz ot minish va qilichbozlik bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tishdi. Shu bilan birga turk tilini mukammal o‘rganib, tarix fani bo‘yicha ham bilimlarini boyitishdi. Filmning asosiy qahramonlari Sulton Jaloliddin Manguberdi, Sulton Alovuddin, Temur Malik, Turkon xotun, Chingizxon va uning bolalari obrazlari ustida mukammal ishlandi. Har bir aktyorga o‘sha davr ruhiyatiga mos ravishdagi liboslar tikildi.

Dunyo miqiyosidagi katta loyihaga qo‘l urganimni chuqur his qilyapman,- deydi Mehmet Bo‘zdag‘.

– Loyihani amalga oshirish oson emas. Juda katta tayyorgarlik va mahorat kerak. Ammo men Jaloliddin tarixini yaxshi bilar edim. Biroq faqat mening bilimim yetarli emas, jamoa, ssenariy muallifi, liboslar dizeyneri, tasvirchi, rejissyorlar ham xabardor bo‘lishi muhim edi. Shu sababli ham suratga olish ishlaridan avval ijodkorlarning barchasini Manguberdi tarixini chuqur o‘rganishga undadim. Menga o‘zbek aktyorlarining mahoratiga qanday baho berasiz deb ko‘p bora savollar yo‘llashdi. Shuni ayta olamanki, ular endi dunyo miqiyosidagi filmlarda ham rol o‘ynashga tayyor. Shaxsan o‘zim keyingi filmlarimga ham aynan o‘zbek akterlarini jalb etmoqchiman, chunki rejalashtirayotgan serialimiz Mirzo Ulug‘bek haqida bo‘ladi- dedi Bo‘zdag‘.

Eslatib o‘tamiz Madaniyat vazirligi buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan “Mendirman Jaloliddin” seriali O‘zbekiston tomonidan “Best organiser” MChJ va Turkiyaning “Bozdag‘ film” kinokompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan “Orient Finans Bank” tijorat banki homiyligi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur serialga 7 million AQSh dollari mablag‘ sarflanmoqda.

Oktyabr oyining ikkinchi yarmida “Bozdag‘ film” kinokompaniyasi rahbari Mehmet Bo‘zdag‘ning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Tashrif doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Matbuot anjumani tashkil etish rejalashtirilgan. “Mendirman Jaloliddin” seriali 2021 yilning yanvar oyida katta ekranlarga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Manbaa madaniyat. uz

Yoyish

1 mulohaza

  1. Ikki mamlakat bayrog‘i ostida olinayotgan ushbu film qardosh xalqlarning do‘stligi, ezgu hamkorligi ramzi bo‘lib, jahon sahnalariga kirib boradi, deya ishonamiz.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.