Paralimpiyachilarimiz Para-Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda

0
168
marta ko‘rilgan.

Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida yoshlar o‘rtasida Para-Osiyo o‘yinlari bahslari davom etmoqda. Musobaqaning navbatdagi kunida 7 nafar hamyurtlarimiz yengil atletikaning turli xil baxslarida ishtirok etib, 6 ta oltin va 1ta kumush medallariga ega chiqishdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
 Shuningdek, suzish va pauerlifting bo‘yicha bellashuvlarda terma jamoamizning uch nafar a’zosi g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, pauerlifting bo‘yicha Shahzoda Mamadaliyeva 45kg. vazn toifasida 60 kg. tosh ko‘tarib, faxrli birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, suzish bo‘yicha Muhammad Abduraimov 100 metrga baterflay usulida suzishda 1:02.20, Akbar Yangiboyev esa xuddi shu masofaga chalqancha usulida 1:12.86 natijasi bilan oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. Xozirda O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi sportchilari 9 ta oltin va 1ta kumush, jami 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa ertaga, 14 dekabr kuni yakunlanadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.