Prezident ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni ko‘zdan kechirdi

0
120
marta ko‘rilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi «Jarqo‘rg‘on meva-sabzavot eksport» korxonasiga tashrif buyurdi. Bu yerda dukkakli don mahsulotlarini saralab, eksportga yo‘naltirish yo‘lga qo‘yilgan, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Shu yerda viloyatni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar namoyish etildi. Davlatimiz rahbari Angor, Denov, Sherobod, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Sariosiyo, Oltinsoy va Qiziriq tumanlarida klaster usulida paxta yetishtirish, hududiy eksport salohiyatini oshirish dasturlari bilan tanishdi. Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida olib borilayotgan qurilish ishlari, Termiz shahri, Denov va Qiziriq tuman markazlarida amalga oshiriladigan bunyodkorlik rejalari yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.