Prezident innovatsion pillaxona bilan tanishdi

0
50
marta ko‘rilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifini Termiz tumanidagi «Inter Silk Pro» qo‘shma korxonasiga qarashli pillaxona bilan tanishishdan boshladi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida.  Bu yerda Xitoy texnologiyasi asosida innovatsion usulda pilla yetishtirilib, qayta ishlash tarmoqlariga yetkazib berilmoqda.

Shu yerning o‘zida viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, issiqxonalar, anorzorlar, yong‘oqzorlar, intensiv bog‘ va tokzorlar, kovrak va pista plantatsiyalari, baliqchilik va parrandachilik komplekslari tashkil etish, yer o‘lchashda uchuvchisiz aviatsiya tizimidan foydalanish kabi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.