Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahrining tarixiy markazida joylashgan “Dorut-tilovat” majmuasini ziyorat qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.
O‘tganlar xotirasiga Qur’on tilovat etildi. Ulamolar bilan muloqotda xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar haqida so‘z yuritildi.