Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi

0
182
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi “Baxt” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga tashrif buyurdi. 

Mazkur fermer xo‘jaligi chorvachilik, parrandachilik, tuyachilik, yilqichilik, quyonchilikka ixtisoslashgan.  4 gektarda intensiv bog‘, 1 gektar maydonda issiqxona tashkil etilgan.    

Davlatimiz rahbari fermer xo‘jaligida qo‘shimcha tarmoqlarni ishga tushirish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.   

Shu yerda viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, achchiq qalampir, kovrak plantatsiyalari tashkil etish, chorvachilik, kurkachilik majmualari, pistazor va yong‘oqzorlar barpo etish, o‘rmon xo‘jaliklarida intensiv usulda ko‘chat yetishtirish, sutni qayta ishlash, asalarichilik loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi. 

Prezidentimiz limonchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. 

Limonchilik nafaqat Qashqadaryo vohasi, balki mamlakatimiz uchun eng serdaromad sohalardan. Bu tarmoqni rivojlantirish iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, qo‘shimcha daromad manbaini yaratishga xizmat qiladi. Shu bois mazkur istiqbolli yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash, Qashqadaryo misolida limonchilik uyushmasini tashkil etish lozim, dedi Shavkat Mirziyoev. 

Qashqadaryo viloyatida  teri xomashyosini qayta ishlash va charm-poyabzal klasterini barpo etish, aholini tuxum va parranda go‘shti bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham atroflicha muhokama etildi. 

Prezidentimiz barcha loyihalarni takomillashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.