O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli qismga tashrif buyurdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida.
Prezidentimiz Mamlakat Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida qo‘yilgan vazifalar ijrosining borishi bilan tanishdi. Harbiylarning xizmat va yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.