Prezident Shavkat Mirziyoyev yana bir istiqbolli loyiha bilan tanishdi

0
112
marta ko‘rilgan.

Prezidentimiz g‘oyasi asosida O‘zbekiston avtotransport sohasidagi yana bir yangi tashabbus – Toshkentda fuqarolik aviatsiyasining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan ishbilarmonlik aviatsiyasini tashkil etish loyihasi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi va yagona bo‘lgan tizimdir. Mamlakatimiz rahbari ana shu loyiha doirasida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Loyiha taqdimotida aytib o‘tilganidek, ishbilarmonlik aviatsiyasi yakka tartibdagi hamda korporativ parvozlar, shuningdek, ular bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish, aviatsiya texnikasiga yordam berish, ularni ekspluatatsiya qilish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

“Har bir mamlakat iqtisodiyoti rivojida transport-kommunikatsiya tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Ishbilarmonlik aviatsiyasi bu yangi imkoniyatlar, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlardir”, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. Yangi loyiha xorijlik investorlar qatori o‘zbekistonlik ishbilarmon doira vakillariga ham mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib berish, o‘zaro biznes-sheriklar topishda katta o‘rniga ega bo‘ladi.

Taqdimot jarayonida mamlakatimiz rahbari xorijlik delegatsiyalarga yuksak darajada xizmat ko‘rsatuvchi yangi havo portiga mos ravishda bu yerda ko‘plab infratuzilma ob’ektlari, mehmonxona, biznes markazlarini bunyod etish borasida mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.