Prezident Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi

0
68
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Davlatimiz rahbarining qutlovida XXR Raisining qayta saylangani hamda Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 13-chaqiriq birinchi sessiyasida qabul qilingan tarixiy qarorlar Xitoyni har tomonlama rivojlantirish, xalqaro siyosiy va iqtisodiy maydonda uning nufuzli va taraqqiy etgan davlat sifatidagi o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash, global miqyosda, shu jumladan bizning mintaqamizda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar eng yuksak – har tomonlama strategik sheriklik darajasiga chiqqani chuqur mamnuniyat bilan alohida qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.