Prezidentlar OAV vakillari bilan uchrashdilar

0
97
marta ko‘rilgan.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar muzokaralar o‘zaro anglashuv, ochiqlik va samimiyat ruhida, ishchan kayfiyatda o‘tganini, erishilgan kelishuvlar ikki xalq manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladilar,  deya xabar bermoqda prezident. uz  saytida. 

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidentining birinchi tashrifi chog‘ida imzolangan hujjatlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘lishini qayd etdi.

Sooronboy Jeenbekov erishilgan kelishuvlar xalqlarimiz kutgan voqyea bo‘lganini, o‘zaro munosabatlar tarixida qoladigan shunday xayrli ishlarga hissa qo‘shganidan mamnun ekanini ta’kidladi.

Ma’lumki, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Danaker» ordeni bilan mukofotlangan edi. Qirg‘izistonning oliy mukofotlaridan bo‘lgan ushbu orden xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga, millatlararo totuvlikni saqlashga, ilm-fanni rivojlantirishga, milliy madaniyatlarni yaqinlashtirish va boyitishga katta hissa qo‘shgan insonlarga beriladi.

Danaker – yarashtiruvchi demakdir. Mukofot davlatimiz rahbarining O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini ravnaq toptirish, ikki mamlakat va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlarining yuksak e’tirofidir.

Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga «Danaker» ordenini tantanali ravishda topshirdi.

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekovning mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.