Prezidentlar sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

0
60
marta ko‘rilgan.

Shavkat Mirziyoyev va Sooronboy Jeenbekov «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar, deya xabar bermoqda prezident. uz  saytida. 
Ko‘rgazmada mamlakatimiz so‘nggi yillarda iqtisodiyot sohasida erishgan yutuqlar, sanoatning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovatsion loyiha va ishlanmalari namoyish etilmoqda.

Prezidentlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manffatli hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday ko‘rgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

Davlat rahbarlariga ma’lum qilinganidek, ko‘rgazma doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida savdo va kooperatsiya sohasida umumiy qiymati 140 million AQSh dollari atrofida bo‘lgan bitim va tijoriy shartnomalar imzolandi.

Shu bilan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekovning mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi.

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.