Pxyonchxan-2018. Komil To‘xtayev Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi

0
53
marta ko‘rilgan.

Bugun Pxyonchxandagi qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Komil To‘xtayev uchun musobaqa yakunlandi.

Hamyurtimiz bugun slalom bahslarida startga chiqdi. Afsuski, hamyurtimiz ilk oraliqdayoq xatoga yo‘l qo‘yganligi sababli diskvalifikatsiya qilindi va marraga yetib bora olmadi. 
Ta’kidlab o‘tish lozimki, slalom bahslarida 108 nafar sportchi startga chiqqan bo‘lsa, ularning 52 nafari marraga yetib bora oldi. 56 nafar sportchi esa musobaqadagi ishtirokini birinchi chiqishdayoq yakunlashga majbur bo‘ldi.

Birozdan so‘ng slalom bahslarida ikkinchi chiqish bo‘lib o‘tadi. Aynan ushbu bahslardan so‘ng sovrinli o‘rinlar sohibi aniqlanadi. Birinchi chiqishda diskvalifikatsiya qilingan sportchilar uchun esa Olimpiya o‘yinlari yakunlandi. 

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni Komil gigant slalom bahslarida ishtirok etgan va umumiy hisobda 2:35.99 natija ko‘rsatib, 110 nafar sportchi ichida 52-o‘rinni egallagandi. 

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.