Pxyonchxan-2018. Misha Ge qisqa dasturda chiqish qildi

0
80
marta ko‘rilgan.

Pxyonchxanda bo‘lib o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchi Misha Ge figurali uchish bo‘yicha qisqa dastur bahslarida chiqish qildi.

30 nafar sportchi ichida 16-raqam ostida chiqish qilgan Misha qisqa dastur yakunlariga ko‘ra 83,90 ball jamg‘ara oldi va sportchilar orasida 14-pog‘onaga joylashdi. Endi u bugun erkin dasturlarda o‘z omadini sinab ko‘radi.

Qisqa dasturda birinchi o‘rinni 111.68 ochko to‘plagan yaponiyalik Yuzuru Xanyu egalladi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.