Ertaga Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari boshlanadi.
Ushbu o‘yinlarda o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadi. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 13:00da Pxyonchxandagi Olimpiya shaharchasida
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ini ko‘tarish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, musobaqa tashkiliy qo‘mitasi hamda delegatsiyamiz a’zolari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati