Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri xalqaro festivalda “Eng yaxshi spektakl libosi” yo‘nalishida g‘olib

0
21
marta ko‘rilgan.

Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan 2-teatrlar festivalida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri “Bobomning orzusi” spektakli bilan ishtirok etib, “Eng yaxshi spektakl libosi” yo‘nalishida taqdirlandi. Spektaklda foydalanilgan quroqli liboslar, so‘zanalar va kashtali do‘ppilar xalqaro festivalda e’tiborga tushdi va e’tirof etildi

Spektaklda milliy an’ana, odat va rasm-rusumlarimiz mohiyati folklor tomosha tarzida ifoda etildi. Festival ishtirokchilariga spektakldagi milliy o‘yinlar, jumladan, milliy lapar va raqslar manzur bo‘ldi. O‘zbekona qadriyatlar, milliy kuylarimiz sehri, liboslardagi sharqona go‘zallik xalqaro festivalning eng jozibador va e’tiborga molik jihatlaridan biri bo‘ldi.

Fesativalda  Italiya, Ruminiya, Ukraina, Ozarbayjon, Kipr kabi  o‘ndan ortiq ,davlat teatrlari va Turkiyaning yettita shahar teatrlari ishtirok etdi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.