Qilichbozlarimiz tarixda ilk marotaba Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldilar

0
69
marta ko‘rilgan.

Birlashgan arab amirligining Dubay shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 
Musobaqaning qilich (sablya) yo‘nalishida jamoaviy bahslarda qatnashgan kadetlarimiz chorak finalda Iordaniya terma jamoasini 45:23 hisobida mag‘lubiyatga uchratganliklari haqida xabar qilgandik. Vakillarimiz yarim finalda quvaytlik raqiblarni 45:44 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga ega bo‘lgandilar.
 
Hal qiluvchi final jangida sportchilarimiz Janubiy Koreyaga 26:45 hisobida yutqazib qo‘ydilar va Osiyo chempionatining kumush medali sohibiga aylandilar. 
 
Ma’lumot uchun, qilich (sablya) bo‘yicha bahslarda terma jamoamiz tarkibida quyidagi sportchilar jang o‘tkazdilar:
 
Jaloliddin Dushamboyev (2002 yil) – Chirchiq Olimiya zaxiralari sport kolleji tarbiyalanuvchisi
 
Sherzod Mamutov – (2002 yil) – Qoraqalpog‘iston Respubliksi agro va suv xo‘jaligi kolleji o‘quvchisi
 
Pazil Genjebayev – (2003 yil) – Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi
 
Bobir Rasulov – (2002 yil) – Toshkent shahri, 34-sonli maktab o‘quvchisi.
 
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.