Saidamirxon Turg‘unboyev Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori

0
193
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1-3 dekabr kunlari Gongkongda ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha 20 yoshli sportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Saidamirxon Turg‘unboyev muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medal sovrindori bo‘ldi. 
E’tiborlisi, bu so‘nggi 20 yil davomida o‘zbek chavandozining to‘siqlardan sakrash (konkur) bo‘yicha o‘tkazilgan qit’a chempionatlarida qo‘lga kiritgan ilk medali bo‘ldi. 
Ta’kidlash kerak, hamyurtimizning bunday nufuzli musobaqada ishtirok etib, jahonning yigirma nafar tajribali chavandozlari orasida shohsupaning ikkinchi o‘rniga ko‘tarilishida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori va uning amaldagi ijrosi mujassam. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.