San’atkorlar bilan samimiy suhbat

0
225
marta ko‘rilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida yangi barpo etilgan muhtasham San’at saroyi va amfiteatrda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

700 o‘rinli San’at saroyi hamda 3 ming o‘ringa mo‘ljallangan amfiteatrda zamonaviy qulayliklar yaratmlgan. Xorijdan ovoz yozish hamda sozlash, yoritish tizimi uskunalari, monitorlar keltirib o‘rnatildi. Xorijlik mehmonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilib berish uchun kabinalar, san’atkor va aktyorlar xonalari maxsus jihozlar bilan ta’minlandi.

Hududi 32,5 gektar bo‘lgan maskanning atrofi obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirildi. Musiqali favvora qurildi.

Davlatimiz rahbari bu yerda poytaxtimiz tetrlari bilan hamkorlikda mahorat darslari o‘tkazish, spektakllar qo‘yish, xususan, davlat buyurtmasi asosida Iso at-Termiziy va Alpomish haqida asarlar yaratish zarurligini ta’kidladi. Teatr ijodkorlari uchun ko‘p qavatli uy bunyod etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.