Sharofiddin Lutfullayev “Katta Dubulg‘a” sovrindori bo‘ldi

0
75
marta ko‘rilgan.

O‘zbekistonlik dzyudochilar Fransiya poytaxti Parij shahridagi “Katta Dubulg‘a” turnirida ishtirok etishdi.

60kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Sharofiddin Lutfullayev dastlabki janglarda koreyalik Xarim Li va fransiyalik Sedrik Revolni mag‘lub etdi. Yarim finalda braziliyalik Felipe Pelimdan ustun keldi. Oltin medal uchun kechgan bahsda esa afsuski yaponiyalik mashhur sportchi Toru Shishimega yutqazib qo‘ydi. 
 
Yakunda hamyurtimiz musobaqaning kumush medali sohibiga aylandi. 
 
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.