Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov nomidagi maktabga tashrif buyurdi

0
318
marta ko‘rilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil fevralda Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi maktab va uning ijodiga bag‘ishlangan muzey tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. 

Shunga muvofiq 2017 yil 24 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish to‘g‘risida»gi  qarori qabul qilindi. Bu yerda zamonaviy ta’lim maskani barpo etildi. Joriy o‘quv yilidan beshinchi sinfga iqtidorli bolalar qabul qilindi. 

Maktabning birinchi qavatida Abdulla Oripov muzeyi tashkil etilgan. Shavkat Mirziyoyev ushbu muzey va maktab bilan tanishdi. O‘quvchilar bilan suhbatlashdi.  

Shu yerda Ibroyim Yusupov, Muhammad Yusuf, Zulfiya va Hamid Olimjon nomidagi maktablar bilan videoaloqa orqali muloqot qilindi. O‘quvchilar she’rlar o‘qishdi. 

Davlatimiz rahbari  ularning Abdulla Oripovdek buyuk shoirga munosib farzandlar bo‘lib kamol topishi, buning uchun ko‘p kitob o‘qish va vatanni sevish muhimligini ta’kidladi. Ularga sovg‘alar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.