Shavkat Mirziyoyev Angor tumanida bo‘ldi

0
92
marta ko‘rilgan.

Prezidentimiz Angor  tumanidagi “Bio texno eko” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Zavod Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlaridan chiqindilarni yig‘ish, saralash, qayta ishlash hamda ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Bir yilda 182 ming tonnadan ortiq chiqindini qayta ishlash orqali bu yerda polietilen quvurlar, shishadan mozaika va plitkalar, yog‘ochdan yoqilg‘i briketlari, qog‘oz chiqindisidan karton va qog‘ozlar, oziq-ovqat chiqindisidan biogaz hamda biogumus ishlab chiqariladi. Korxona joriy oy oxirida ish boshlashi rejalashtirilmoqda. Ayni paytda 150 kishi ishga qabul qilingan. Zavod to‘liq ishlagach yana 250 kishi ish bilan ta’minlanadi. 

Shu yerning o‘zida gidroenergiteka, transport, ko‘mir sanoati va boshqa sohalarni rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanish loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.