Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga tashrif buyurdi

0
160
marta ko‘rilgan.

Davlatimiz rahbari 17 fevral kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga tashrif buyurdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida.

Ushbu markaz 2017 yil 30 dekabrda foydalanishga topshirilgan. Bu yerda yoshlarning talab va qiziqishlaridan kelib chiqib 16 to‘garak tashkil qilingan. 800 o‘rinli majlislari zali, konferensiya va kino zallari, xodimlarning xizmat xonalarida zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Prezidentimiz markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bajarilgan ishlarni yuqori baholab, bu yerda yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, uyushmagan yoshlarni birlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Bu buxorolik yoshlarga yaratilgan ulug‘vor shart-sharoit va imkoniyatlarning bitta namunasi, desa arziydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.