Shavkat Mirziyoyev harbiy qismdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

0
163
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Kogon tumanidagi harbiy qismni borib ko‘rdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida.

Mamlakatimizning yangi Mudofaa doktrinasiga muvofiq tizimdagi birlashma va tuzilmalarning vazifalari takomillashtirildi. Qo‘shinlarning qurol-aslaha va aloqa vositalari ta’minlanishi yangi bosqichga ko‘tarildi. Harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligiga talablar oshirildi.

Harbiy qismda mudofaa tizimidagi islohotlarning borishi, Buxoro harbiy ma’muriy sektori faoliyati haqida axborot berildi.

Xalq bilan armiya, mudofaa boshqarmalari bilan hokimlik bir bo‘lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. Harbiylar yoshlar bilan tez-tez uchrashib turishi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shishi zarur.

Prezidentimiz harbiylarning xizmat va yashash sharoitlari bilan tanishdi. Askar va ofitserlar bilan suhbatlashdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.