Shavkat Mirziyoyev: harbiy qismlar iftixor, g‘urur, kuch, bilim maskani bo‘lishi kerak

0
176
marta ko‘rilgan.

Davlatimiz rahbari Jizzax viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni “Forish” tog‘-dala poligonini borib ko‘rdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni harbiy xizmatchilarning yashashi, jangovar o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Panoramali elektron o‘q otish trenajyori, askarlar yotoqxonasi, mashq va saf maydonchalarini ko‘zdan kechirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerni namunaviy poligonga aylantirish, yangi konsepsiya ishlab chiqib, mamlakatimizdagi barcha harbiy poligonlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Poligonlar harbiy xizmatchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish bilan birga g‘oyaga xizmat qilishi zarur. Bu yer iftixor, g‘urur, kuch, bilim maskani bo‘lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

“Forish” poligoni maydoni tekislik, murakkab tog‘ va qoyalardan iborat. Bu yerda o‘tkazilayotgan tayyorgarlik mashg‘ulotlari batalon taktik guruhlarning tog‘ va cho‘l hududlarida, favqulodda o‘zgaruvchan vaziyatlarda, har qanday ob-havo sharoitida topshiriqlarni to‘la bajarishga o‘rgatadi. Jangovar harakatlarni tashkillashtirish va taktik harakatlanish ko‘nikmalarini hosil qiladi.

Prezidentimiz tashrifi chog‘ida 25 xil o‘quv-mashg‘ulot mashqlari namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan harbiy anjomlar va askarlarning safar taomlarini ham ko‘zdan kechirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.