Shavkat Mirziyoyev harbiylarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

0
143
marta ko‘rilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni Chirchiq shahridagi harbiy qismga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 dekabrdagi farmoni bilan qayta tashkil qilingan mazkur harbiy qismda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, harbiylar bilan suhbatda bo‘ldi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida.  

Tashrif davomida Prezident jangovor tayyorgarlikda foydalaniladigan moddiy vositalar, harbiy xizmatchilarning kiyim-kechak ta’minoti bilan tanishdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent viloyati harbiy-ma’muriy sektori faoliyatini 2018 yilda tashkillashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi», yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Mudofaa vazirligi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotining tashkiliy tuzilmasi, yosh harbiy xizmatchilarni rag‘batlantirish kabi istiqbolda qilinadigan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.