Shavkat Mirziyoyev ishtixonlik Toshquvvat Rajabov xonadonida bo‘ldi

0
65
marta ko‘rilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ishtixon tumani Xina qishlog‘ida yashovchi Toshquvvat Rajabov xonadoniga tashrif buyurdi.

yetmish yoshdan oshgan Toshquvvat otaning tomorqasini ko‘rgan odamning havasi keladi. Hamma joy saranjom-sarishta. Mevali daraxtlar, meva-sabzavotlar ekilgan. Mo‘jazgina issiqxona tashkil etilgan.

Bir gapni har doim aytaman: hyech kim chetdan kelib bizga bir narsa qilib bermaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Boqimandalik, befarqlik eng yomon illatlar. Dunyoda harakatsiz boy bo‘lgan davlat ham, xonadon ham yo‘q-ku! Biz ham farovonlikka faqat o‘z mehnatimiz, o‘z harakatimiz bilan erishishimiz mumkin.

Mana, masalan, Xitoyda 8 sotix yeri bor odam badavlat hisoblanadi. Bizning qishloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Undan samarali foydalanilsa, xalqimiz bemalol boy yashasa bo‘ladi. Biz odamlarni ish bilan ta’minlash, oilalarga daromad manbai yaratish haqida o‘ylayapmiz. Tomorqa – tayyor ishchi joy, tayyor daromad, deya ta’kidladi Prezidentimiz.

Shavkat Mirziyoyev tomorqachilik bo‘yicha Samarqand tajribasi qilish, aholiga ko‘chat va urug‘ tarqatish, o‘simliklarni kimyoviy vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.