Shavkat Mirziyoyev Kogon tumanidagi chiqindini qayta ishlash korxonasini borib ko‘rdi

0
169
marta ko‘rilgan.

Mamlakatimiz uchun qaldirg‘och korxona bo‘lgan bu yerda metall, tosh, shisha, yaroqsiz rezina va avtoshinalar, plastmassa, yog‘och-taxta bo‘laklari, shox-shabbalar, makalatura, qurilish materiallari, matolar chiqindisi saralanadi. Ulardan briket, sintetik tola, qog‘oz karton, to‘qimachilik matosi, qurilish bloklari, biogumus va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. To‘rt yuzdan ziyod ishchi mehnat qiladi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

 Prezidentimizning 2017 yil 21 apreldagi “2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimizda atrof-muhit musaffoligini saqlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari 2017 yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida Kogon tumanida chiqindilarni saralash va qayta ishlash klasteri qurish loyihasi bilan tanishgan edi. Mana bir yil o‘tmasdan “Aholi trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyat boshladi.

Prezidentimiz korxonaning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Klasterga tumandagi bo‘sh turgan bino va inshootlar “nol” qiymatda berilgan edi. Binolar ta’mirlanib, Xitoydan bir kecha-kunduzda 450 tonna chiqindini qabul qilish quvvatiga ega texnologiya keltirib, o‘rnatildi.

Bu yerda metall, tosh, shisha, yaroqsiz rezina va avtoshinalar, plastmassa, yog‘och-taxta bo‘laklari, shox-shabbalar, makalatura, qurilish materiallari, matolar chiqindisi saralanadi. Ulardan briket, sintetik tola, qog‘oz karton, to‘qimachilik matosi, qurilish bloklari, biogumus va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi.

To‘rt yuzdan ziyod ishchi mehnat qilayotgan korxona bugungi kunda Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon tumanlaridagi maishiy chiqindilarni tashib keltirmoqda. Keyinchalik korxona faoliyatini kengaytirib, viloyatning barcha hududlarida paydo bo‘ladigan chiqindilarni yig‘ib keltirishni rejalashtirgan.

Prezidentimiz klasterning mazkur rejalarini ma’qulladi. 

Shu paytgacha bu masala bilan hyech kim shug‘ullanmagan edi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Chiqindi qayta ishlansa, tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi, ko‘plab ish o‘rinlari yaratiladi. Eng muhimi, ekologiyamiz toza bo‘ladi, keyinchalik suv va havo orqali aholi salomatligiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararning oldi olinadi.

Korxona atrofidan ishchilar uchun uy-joy, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, yopiq suzish havzasi, shifoxona, sport maydonchasi, avtoturargoh, ularning farzandlari uchun maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasasi qurish mo‘ljallanmoqda.

Davlatimiz rahbari korxona tashabbuskorlari va jamoasiga minnatdorlik bildirdi. Chiqindi yig‘ish qamrovi va qayta ishlash quvvatini yanada kengaytirish, shunday korxonalarni boshqa joylarda ham tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.