Shavkat Mirziyoyev: Muqaddas qadamjolarimizni obod qilsak, yurtimizga baraka yog‘iladi

0
90
marta ko‘rilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.

Qur’on tilovat qilindi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda, jumladan, Buxoro viloyatida muqaddas qadamjolar ko‘pligi, ularni ziyorat qilish yurtdoshlarimiz uchun ham qarz, ham ulkan saodat ekanini ta’kidladi. Yosh avlodni ajdodlarimizning ma’naviy merosi asosida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi.

Shu yerda Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband tavallud sanalarini nishonlash, «etti pir» nomi bilan mashhur qadamjolarni obonlashtirish loyihalari haqida ma’lumot berildi.

Shavkat Mirziyoyev rejalashtirilgan qurilish ishlari mazmunan chuqur o‘ylanmaganini tanqid qildi. Allomalarimiz yubiley sanalarini ularga munosib tarzda, dunyo olimlarini jalb qilgan holda yuksak saviyada nishonlash zarurligini ta’kidladi. «etti pir» maqbaralarini obod qilish, ularni bir yo‘l bilan bog‘lash loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.