Shavkat Mirziyoyev: rahbarlar pastda yurishi, xalqqa xizmat qilishi kerak

0
73
marta ko‘rilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahri Zargarlik mahallasida aholi bilan suhbatlashdi.

Hamma joyda o‘zim yurganimning sababi – boshqa rahbarlar ham pastda yurishi, hayotni o‘rganishi, oyog‘i yerdan uzilmay, xalqqa xizmat qilishi uchun. Jizzaxga ham viloyatni rivojlantirish, odamlarga har tomonlama sharoit yaratish bo‘yicha ko‘pdan-ko‘p rejalar bilan keldik, dedi davlatimiz rahbari. 

Barcha tumanlarda foydalanilmagan imkoniyatlarni ishga solish, Forish tumanida suv ombori qurish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, lalmi hududlarni uzumchilikka ixtisoslashtirish, “Obod qishloq” dasturi asosida qishloqlardagi ahvolni yaxshilash, tomorqalardan foydalanishni kengaytirish masalalari haqida so‘z yuritildi.  

Ko‘ryapsizlar, ko‘p tizimlarni o‘zgartiryapmiz, odamlarga oson bo‘lishi uchun hamma choralarni ko‘ryapmiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. Odamlar ham o‘zi uchun harakat qilishi, davlat yaratayotgan imkoniyatlardan foydalanishi kerak.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.