Shavkat Mirziyoyev “Saroy javohiri” serialidagi Tangem bilan ko‘rishdi

0
944
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 noyabr kuni “Chong Va De” (“Moviy saroy”)da “Saroy javohiri” serialida Tangem obrazini yaratgan Li Yong E bilan uchrashdi. Bu haqda Janubiy Koreya matbuotiga asoslanib Daryo.uz xabar beradi.

Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva sharafiga Janubiy Koreya Prezidenti qarorgohida uyushtirilgan kechki ovqatda san’at va madaniyat arboblari qatorida o‘zbek tomoshabinlariga “Saroy javohiri” serialidagi Tangem obrazi orqali yaxshi tanish bo‘lgan 46 yoshli aktrisa Li Yong E ham tashrif buyurgan.

Xabarda yozilishicha, kechki ovqat vaqtida Tangem tayyorlagan ovqatlardan biri mehmonlarga tortilgan. Tadbirda serialdagi “Onara” qo‘shig‘i ham ijro etilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.