Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi

0
218
marta ko‘rilgan.

Vunderkind” nomli mazkur bog‘chada ingliz tili va kompyuter bilimlari chuqur o‘rgatiladi. Uch qavatli binoda kichkintoylarning intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy salohiyatini o‘stirish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Prezidentimiz mazkur bog‘cha misolida Shahrisabz shahrida yana 25 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etish, bog‘cha mudirasi Shahnoza Xolmahmatovaga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobil sovg‘a qilish bo‘yicha topshiriq berdi.  

Bunday muassasalarni qurishdan asosiy maqsad farzandlarimizning maktabga tayyor bo‘lib chiqishini ta’minlashdir, dedi davlatimiz rahbari.  

Shu yerda Qashqadaryo viloyatida xususiy sheriklik asosida hamda davlat tomonidan quriladigan maktabgacha ta’lim muassasalari dasturi taqdimoti ham o‘tkazildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.